Rossiya kemasi AQSh kreyseri bilan to‘qnashishiga bir baxya qoldi
Sharqiy Xitoy dengizida AQShning Chancellorsville raketa kreyseri Rossiyaning «Admiral Vinogradov» kemasi oldini kesib o‘tdi. Rossiya kemasi zudlik bilan manyovr qilishi tufayli to‘qnashuv oldi olindi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, Chancellorsville kemasi kutilmaganda harakat yo‘nalishini o‘zgartirgan va «Admiral Vinogradov» kemasi oldidan 50 metr masofada kesib o‘tgan.
Amerika kemasi qo‘mondonligiga norozilik bildirilgan, ammo hozircha bu voqea bo‘yicha AQSh tomoni hozircha izoh bermagan.
«Admiral Vinogradov» — qayiqlarga qarshi ulkan kema bo‘lib, u aprel oyida «Varyag» kreyseri, «Admiral Tributs», «Oslyabya», «Sovershenniy» kemalari hamda «Igor Belousov» qutqaruv kemasi va «Irkut» tankeri bilan birgalikda qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun Xitoy portiga kelgan.
Mavzuga oid
15:49
Eng kichik asteroid: u Yerga qachon va qanday qulagan?
13:37
Rossiyaning yirik chakana savdo tarmog‘i O‘zbekiston mahsulotlarini eksport qilmoqchi
08:10
Aleksandr Darchiyev RFning AQShdagi yangi elchisi bo‘lishi mumkin
22:25 / 24.11.2024