Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nadiya Dusanova yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisida oltin dublga erishdi
Xitoyning Tszyan Tszin va Tszyulunpo shaharlarida bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha Osiyo Gran-prisida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari musobaqaning ikkinchi bosqich yakuni bo‘yicha ham 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabar qilinishicha, Nadiya Dusanova balandlikka sakrash sektorida xuddi birinchi bosqichdagidek 1.89 metr natija bilan zafar quchdi.
Bronza medalini esa bu gal Nigina Sharipova 100 metrga yugurish bahsida qo‘lga kiritdi.
Balandlikka sakrash bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Van Tsuyeyi (Xitoy) va Nadejda Dubovitskaya (Qozog‘iston) egallagan bo‘lsa, 100 metrga yugurish bahsida 1-o‘rin Olga Safronovaga (Qozog‘iston), 2-o‘rin Kristina Knottga (Filippin) nasib etdi.
Mavzuga oid
13:23 / 22.04.2025
Shavkat Mirziyoyev hokkeychilar va yengil atletikachilarni yutuqlari bilan tabrikladi
18:07 / 06.12.2024
World Athletics O‘zbekistonni kuzatuv ro‘yxatidan chiqardi
14:40 / 02.12.2024
Yaroslava Maguchix 2024 yilda dunyoning eng yaxshi yengil atletikachisi bo‘ldi
08:46 / 04.08.2024