Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashmoqda. Bishkek Turkiya elchisidan mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni so‘radi
Turkiyaning favqulodda va muxtor elchisi Jyengiz Komil Firot Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. Bu haqda Knews xabar bermoqda.
Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, turk tomoniga 5 iyun kuni Firotning Orok qishlog‘iga borgani munosabati bilan nota topshirilgan. Ta'kidlanishicha, diplomatning tashrifi mahalliy aholi o‘rtasida norozilik keltirib chiqargan.
Vazirlik elchini mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik, vazminlik va milliy qonunchilikka hurmat bilan qarashga chaqirdi.
O‘z navbatida, Anqara Qirg‘izistonning Turkiyadagi elchisi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Bishkekka nota bilan javob qaytardi. Bu haqda «Anadolu» xabar tarqatgan.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, 7 iyun kuni Qirg‘iziston elchisi Kubanichbek O‘muraliyev Turkiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan. Nota vazirning yordamchisi Sedat O‘nal tomonidan elchiga topshirilgan.
Notada aytilishicha, elchi o‘z vazifalarini bajargan va Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashmagan. Ma'lumot hozircha tasdiqlanmagan. Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi ma'lumot aniqlashtirilganidan keyin izoh berishini bildirdi, deyiladi Knews xabarida.
Bundan oldin, Qirg‘izistondagi qishloqda qirg‘izlar va turklar o‘rtasida mojaro kelib chiqqani xabar qilingandi.
Qirg‘izistonning Chuy viloyati Sokuluk tumani Orok qishlog‘ida hayit namozi vaqtida yuz bergan mushtlashuv tufayli jiddiy mojaro sodir bo‘ldi. Yosh yigitlar - qirg‘iz va turklar o‘rtasida mushtlashuv yuz bergan, birinchisi kasalxonaga tushgan. Mushtlashuvdan so‘ng, mahalliy aholi yig‘ilib, yigitlarning oilalarini ko‘chirib yuborishni talab qildi.
Orok qishlog‘ida shundan keyin yuz bergan tartibsizliklar paytida mahalliy aholi turklar yashaydigan uylarga hujum qila boshlagan. Xususan, xo‘jalik inshootlari yoqib yuborilgan, uylar derazalari sindirilgan, avtomashinalar oynalari urib tushirilgan.
Turkiyaning Qirg‘izistondagi elchisi Jyengiz Komil Firot Orok qishlog‘iga yetib borgan. Uni bir guruh ayollar o‘rab olgan va mojaro haqida batafsil ma'lumot berishgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
07:50 / 24.05.2025