Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Penzada halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi Moskvadan uchadigan aviareysda O‘zbekistonga yuboriladi
6 iyun kuni Penza viloyatida yuz bergan YTHdan so‘ng halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Sherali Patilloyevning jasadi marhumning akasi hamrohligida 9 iyun kuni Moskvadan uchadigan aviareysda O‘zbekistonga yuboriladi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma'lumotga tayanib TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Bosh konsulxona O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agenligi vakolatxonasi bilan birgalikda konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qildi.
“Marhumning jasadini Penza viloyatidan Surxondaryo viloyatining Boysun tumanigacha olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi”, deyiladi xabarda.
Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijyegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qiladi: +7-967-772-66-00.
Mavzuga oid
13:19 / 13.11.2024
Penzadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni aniqlashtirildi
10:09 / 22.08.2024
Rossiyada qarovsiz qolgan o‘n to‘rt yoshli bola O‘zbekistonga qaytarildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024