Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada 2021 yildan bir martalik plastik buyumlarni taqiqlaydi
Kanada 2021 yildan bir marta foydalaniladigan plastik buyumlarni taqiqlamoqchi, deb ma'lum qildi mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudo.
"Kanada 2021 yildan atrof-muhitga zarar keltiruvchi bir martalik plastik buyumlarni taqiqlashini quvonch bilan e'lon qilaman",- dedi Tryudo.
Bundan tashqari, bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, plastik mahsulot ishlab chiqaradigan kompaniyalar plastik chiqindilarni yig‘ib olish va qayta ishlash uchun javobgar bo‘ladi.
Tryudo shuningdek, taqiq ostiga tushadigan plastik mahsulotlar ro‘yxati keyinroq shakllantirilishini bildirdi. Ro‘yxat ilmiy tadqiqotlar va Yevropa ittifoqining ushbu yo‘nalishdagi harakatlariga asoslangan holda tuziladi.
Mavzuga oid
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
18:03 / 27.05.2025
Kanada parlamentining yangi spikeri lavozim kursisiga majburan o‘tqazildi
20:02 / 24.05.2025
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
00:45 / 22.05.2025