Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning to‘rt shahrida suv ta'minoti infrastrukturasi davlat-xususiy sheriklik orqali yaxshilanadi
O‘zbekiston uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirining birinchi o‘rinbosari Dilshod Azimov va Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini kelishuv memorandumi imzoladi.

Memorandumga ko‘ra, Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta'minoti infrastrukturasini yaxshilash maqsadida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) bo‘yicha konsultatsion xizmatlar ko‘rsatiladi.
«OTB Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta'minoti va sanitariya loyihalarini tayyorlash va strukturalash hamda 2021 yil boshida xususiy sheriklarni jalb etish bo‘yicha hukumatga maslahatlar beradi», dedi Sindi Malvichini.
OTBning konsultatsion xizmatlari xususiy sektorning ishtiroki O‘zbekistondagi mavjud suv ta'minoti va sanitariya tizimi faoliyati va boshqaruvini qay darajada yaxshilashini ko‘rsatib beradi.
OTB 1995 yildan buyon O‘zbekistonga umumiy qiymati 7,7 mlrd dollar bo‘lgan 72ta kredit ajratgan.
Mavzuga oid
08:52 / 12.05.2025
O‘zbekistonda OTB ishtirokida 23 ta yangi loyiha amalga oshiriladi
14:43 / 20.12.2024
OTB O‘zbekistonda maktabgacha ta’limni yaxshilashga ko‘maklashadi
15:43 / 20.11.2024
OTB O‘zbekistonning iqlimga moslashish islohotlari uchun 250 mln dollar ajratdi
14:30 / 02.11.2024