Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalladan ma'lumotnoma olishni qayta tiklash taklif etildi
10 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda qator OAV vakillari mutasaddilarga o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berdilar. Tadbirda ishtirok etgan «Xazina kaliti» gazetasi muharrriri va «Qatortol» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Parda Ergashev so‘z oldi va quyidagi taklifni bildirdi:
– Men raislik qilayotgan mahallada 5 500 nafar aholi mavjud. Bundan tashqari hisob-kitob qilib ko‘rsak, 2 800 nafardan ortiq ijarada yashovchilar borligi aniqlandi. Biz ularning aksariyatini tanimaymiz, u uylarga kim kirib chiqayotganini bilmaymiz. Shuning uchun menda bir taklif bor – mahalladan ma'lumotnomalar berish amaliyotini qayta tiklash kerak. Shunda hudud aholisi va mahalla o‘rtasida aloqa bo‘ladi. Bundan tashqari ijara shartnomalarini ham uch tomonlama qilish, ya'ni uchastka noziri ro‘yxatidan ham o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish kerak.
Mavzuga oid
19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
09:56 / 22.01.2025
Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmi joriy etiladi
14:28 / 14.01.2025
Mahalla raislarining vakolat muddati 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi
15:16 / 03.01.2025