O‘zbekiston | 19:40 / 11.06.2019
4778
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston delegatsiyasi Jyenevada 108-Xalqaro mehnat konferensiyasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Jyenevada Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyada ishtirok etmoqda.

Jyenevada (Shveytsariya) Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligiga bag‘ishlangan 108-Xalqaro mehnat konferensiyasi 10 iyun kuni boshlandi.

Konferensiya ishida dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan 6000 dan ortiq delegat qatnashmoqda. Tadbirda mehnat sohasidagi muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari xususida fikr yuritiladi. Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining 100 yilligini nishonlash rejalashtirilgan.

108-Xalqaro mehnat konferensiyasi 21 iyunga qadar davom etadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid