Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vertolyot Nyu-York markazidagi osmono‘par binoga urildi
Vertolyot Nyu-York markazida joylashgan 54 qavatli binoga urildi. Bu haqda Associated Press nashri xabar berdi.
Voqea oqibatida uchuvchi halok bo‘lgan. CNN telekanalining xabar qilishicha, maxsus xizmatlar bino ichidagi odamlarni evakuatsiya qilgan. O‘t o‘chiruvchilar yuzaga kelgan yong‘inni tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Voqea Manxettendagi 7-avenyuda sodir bo‘lgan. Shoshilinch xizmatlar xodimlari voqea sodir bo‘lgan joyni o‘rab olgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, gap vertolyotning yomg‘ir sababli ko‘rish darajasi past bo‘lgan sharoitda Manhattan Motown Building binosi tomida joylashgan maydonchaga muvaffaqiyatsiz qo‘nishi haqida bormoqda.
Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo politsiya ushbu voqeada terakt alomatlarini ko‘rmaganini ma'lum qilgan.
Kuomoning aytishicha, shahar aholisi ushbu hodisani xavotir bilan qabul qilgan, chunki u 11 sentyabrdagi fojiani eslatib yuborgan.
Mavzuga oid
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
08:55 / 11.04.2025
Nyu-Yorkda vertolyot daryoga quladi, olti kishi halok bo‘ldi
21:10 / 02.04.2025
AQSh sudi Nyu-York meriga ochilgan jinoiy ishni yopdi
23:03 / 11.03.2025