Jamiyat | 17:40 / 12.06.2019
6401
3 daqiqa o‘qiladi

«O‘zpaxtasanoat» AJ tomonidan 5-ustuvor tashabbus ijrosi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan 5 ta tashabbusga ko‘ra aholi va yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, xotin-qizlarni mehnat bilan bandligini ta'minlash uchun tikuv-trikotaj majmualarini barpo etish borasida “O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 maydagi PQ-4341-sonli qaroriga muvofiq, respublika hududlarida aholi va shu jumladan xotin-qizlar bandligini ta'minlash maqsadida, tikuv-trikotaj majmualarini tashkil etish bo‘yicha 2019-2021 yillar davomida jami 271 ta:  shundan 2019 yilda 75 ta, 2020 yilda 107 ta, 2021 yilda 89 ta tashkil etish bilan birga 81 mingga yaqin xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Respublikamizning 49 ta tumanida 57 ta tikuv-trikotaj majmualari tashkil etish ishlari olib borilmoqda, xususan:

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6 ta,

Andijon viloyatida – 4 ta,

Jizzax viloyatida –12 ta,

Qashqadaryo viloyatida - 3 ta,

Navoiy viloyatida – 2 ta,

Namangan viloyatida – 4 ta,

Samarqand viloyatida – 2 ta,

Sirdaryo viloyatida - 9 ta,

Surxondaryo viloyatida – 2 ta,

Toshkent viloyatida – 7 ta,

Farg‘ona viloyatida – 1 ta,

Xorazm viloyatida – 5 ta.

Bugungi kunda Toshkent viloyatida 4 ta, Sirdaryo viloyatida 4 ta, Jizzax, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida 1 tadan jami 12 ta majmuada qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib 3600 ta ish joylari yaratildi.

Joriy yilning iyun oyida yana 21 ta tikuv-trikotaj majmualarida  qurilish montaj ishlari yakunlanib ishga tushiriladi, natijada ushbu majmualarda jami yaratilgan ish joylari 10 mingtaga yetkaziladi.

Shular bilan birga, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ichki bozorda sotilishini ta'minlash maqsadida, Toshkent shahrining “Chilonzor buyum bozori” savdo majmuasida, Jizzax viloyatining “Gagarin shahri buyum bozori” savdo majmuasida va Jizzax shahrida “Orom buyum bozori” savdo majmuasida maxsus firma do‘koni qurilishi qurib bitkazildi va respublikaning boshqa tuman markazlarida xam maxsus savdo do‘konlarini tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Reklama huquqi asosida

 

Mavzuga oid