Jamiyat | 18:30 / 13.06.2019
49508
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: Samarqandda hokimning xizmat avtomobiliga «migalka» o‘rnatilgani uchun jarima belgilandi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilovning Captiva rusumli xizmat avtomobiliga «migalka» o‘rnatilgani uchun jarima belgilandi.

«Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi Feruz Abilovning davlat raqami 30 330 SAA bo‘lgan Captiva rusumli xizmat avtomobili old qismiga o‘zboshimchalik bilan «migalka» (stroboskop) o‘rnatilgani aniqlandi.

Holat yuzasidan chora ko‘rish bo‘yicha tuman IIB YHXB Oqdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i katta inspektor leytenant N.Ibragimovga murojaat etildi. Ma'muriy huquqbuzarlik amaldor — tuman hokimining xizmat avtomobili bilan bog‘liq ekanligi uchun turli bahonalar bilan inkor qilinishiga harakat sezildi.

Shundan so‘ng ushbu holat Samarqand viloyat IIB YHXB boshqarmasida muhokama qilindi va boshqarma rahbariyati aralashuvi natijasida huquqbuzarlik yuzasidan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi», deyiladi O‘zA xabarida.

 

Mavzuga oid