Jahon | 23:04 / 13.06.2019
3575
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada 60 dan ko‘proq odam jinoyatchilar hujumlari qurboniga aylandi

Nigeriyaning markaziy qismida qurollangan jinoyatchilarning bir qator hujumlari oqibatida kamida 62 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Niger shtatidan senatorga iqtibos keltirgan holda Nation mahalliy nashri xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, hujumlar 9 iyun kuni Shiroro tumanida boshlangan. Jinoyatchilar 8 ta qishloqqa hujum qilgan. Hujumlar oqibatida mingdan ko‘proq odam ichki ko‘chirilgan shaxslar uchun mo‘ljallangan lagerlarda jon saqlashga majbur bo‘lgan.

“Men prezident Muhammadu Buxoriydan harbiylar bu yerga jinoyatchilarni to‘xtatish uchun kelishlariga buyruq berishini so‘rayman”, deb aytgan senator. U, shuningdek, harbiylarga ham murojaat qilgan.

Bu orada politsiya vakili Muhammad Abubakar hujumlar sodir etilganini tasdiqlagan, biroq faqat 12 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan. U qishloqlarga vaziyatni baholash uchun politsiya xodimlari jo‘natilganini qo‘shimcha qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid