O‘zbekiston | 19:57 / 14.06.2019
18101
2 daqiqa o‘qiladi

Sirtqi ta'lim talabalarining to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqidagi elektron jamoaviy murojaat Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi

Bugun, 14 iyun kuni "Mening fikrim" veb-portalida fuqaro Qudratov Asliddin tomonidan yuborilgan "Sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning to‘lov-kontrakt summalarini kamaytirish haqida"gi elektron jamoaviy murojaat yetarli ovoz (10 000 ta) to‘pladi

Endilikda: 

- mazkur murojaat portal moderatori - Qonunchilik muammolari instituti tomonidan Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.  

- Murojaatni ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish muddati murojaat vakolatli davlat organiga kelib tushgan paytdan e'tiboran oltmish kundan oshmasligi kerak.

- Vakolatli davlat organi tomonidan murojaatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror moderator tomonidan «Mening fikrim» veb-portaliga joylashtiriladi.

Ma'lumot uchun, hozirda "Avtotransport vositalarini tyuning qilishga ruxsat berish haqida"gi elektron jamoaviy murojaat 4979 ta ovoz bilan ovoz yig‘ishga joylashtirilgan murojaatlar ichida yetakchilik qilmoqda. 

Mavzuga oid