Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Zelandiyadagi masjidlarda terakt sodir etgan avstraliyalik o‘z aybini tan olmadi
Yangi Zelandiyadagi masjidlarda terakt sodir etishda ayblanayotgan avstraliyalik Brenton Tarrant o‘z aybini tan olmadi. Uning ustidan sud ishi 2020 yil 4 mayda boshlanadi. Bu haqda Stuff portali xabar berdi.
Maxsus tartibdagi turmaning bir kishilik kamerasida saqlanayotgan Tarrant sud yig‘ilishida videoaloqa orqali ishtirok etgan. Tarrantning advokatlari u aybini tan olmasligini aytishgan.
Ayblanuvchi terrorchilik maqsadlarida amalga oshirilgan 51 ta qotillik va 40 ta qotillikka urinishda ayblanmoqda.
Sudya Tarrant sud oldida javob bera oladigan darajada ruhan sog‘lomligi haqidagi qarorga kelgan.
15 mart kuni Yangi Zelandiyaning Kraystchyorch shahridagi ikkita masjidda otishma sodir etilgandi. Politsiyaning oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, hujumlar oqibatida 51 kishi halok bo‘lgan, yana 50 kishi jarohat olgan.
Mavzuga oid
21:05 / 02.04.2025
Yangi Zelandiyada politsiya xatosi sabab 11 yoshli qiz ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi
11:14 / 31.01.2025
Yangi Zelandiyadagi Taranaki tog‘i yuridik shaxs deb tan olindi
22:08 / 19.12.2024
Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi ilk bor smartfonlarda ishlay boshladi
19:28 / 27.11.2024