Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusobod tumanida daraxtlarni noqonuniy kesgan shaxs qo‘lga olindi
Toshkent shahar hokimligi va shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi 12 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yunusobod tumani 12-mavzeda daraxtlarning kesilayotgani haqidagi xabar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib bordi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Aniqlanishicha, bu yerdagi daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan.
“Bu ishni amalga oshirgan davlat raqami 01/ G 365 HA bo‘lgan avtotransport egasi voqea joyidan zudlik bilan g‘oyib bo‘lgan. Toshkent shahar yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi qidiruv bo‘limi tomonidan olib borilgan tezkor tadbir natijasida avtotrasport vositasi ushlanib, vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirildi. Ma'lum bo‘lishicha, ushbu qonunbuzarlik Z.Soliyev tomonidan amalga oshirilgan.
E'tiborli fuqarolarimizning murojaati asosida huquqbuzar qo‘lga olindi va sodir etgan noqonuniy harakati uchun tegishli jazoga tortiladi”, deyiladi xabarda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 yanvardagi 43-sonli qaroriga asosan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.
Ma'muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 162-moddasiga muvofiq, bu yo‘nalishdagi huquqbuzarlikka jarima chorasi qo‘llaniladi.
Mavzuga oid
22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi
09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi
07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi
22:28 / 16.04.2025