Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda 83 nafar bola o‘tkir ensefalitdan vafot etdi
Hindistonning Bixar shtatidagi Muzaffarpur okrugida o‘tkir ensefalitdan vafot etgan bolalar soni 83 nafarga yetdi, deb xabar berdi Times of India gazetasi.
Avvalroq 50 nafar bola vafot etgani xabar qilingandi.
Nashrning yozishicha, o‘tkir ensefalit sindromi tarqalishiga yuqori harorat va namlik sabab bo‘lgan.
Okrug hukumatining xabariga ko‘ra, yana 108 nafar bola mahalliy kasalxonalarda davolanmoqda.
Bixarda keyingi bir necha hafta davomida mavsum uchun noodatiy jazirama saqlanib turibdi – simob ustunlari kun davomida 40 darajadan pastga tushmayapti. Nyu-Dehlida esa 10 iyun kuni harorat 50 darajaga yetdi, bu mamlakat poytaxti tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Hindistonda mussonlarning turib qolishi davomli issiq haroratga sabab bo‘lmoqda. Sinoptiklarning qayd etishlaricha, jazirama mamlakat shimoliy va markaziy hududlari havosini quritib yubormoqda.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025