Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada 4 ta yuk mashinasida noqonuniy muhojirlar ushlandi
Meksika huquq-tartibot idoralari Verakrus shtatida 4 ta yuk mashinasi ichida 800 ga yaqin noqonuniy muhojirni aniqladi.
Ma'lum qilinishicha, muhojirlar federal politsiya, milliy gvardiya va migratsiya milliy institutining qo‘shma operatsiyasi vaqtida ushlangan.
Muzlatgichli yuk mashinalarning har birida 200 ga yaqin kishi, jumladan erkaklar, ayollar va bolalar bo‘lgan. Mashinalar haydovchilari federal prokuraturaga yetkazilgan.
Milenio nashri ma'lumotlariga ko‘ra, markaziy amerikalik muhojirlar Tabasko shahridagi Vilyaermosa shahridan jo‘nashgan, biroq 3 soatdan keyin yuk mashinalar to‘xtatilgan. Haydovchilar hujjatlarida ular Verakrus shtatiga meva tashib ketayotganlari ko‘rsatilgan bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, muhojirlar mamlakat shimoliga yetkazilish uchun 3 mingdan 3,5 ming dollargacha pul to‘lashgan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025