Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Bo‘kada 5 tashabbus haqida she'r o‘qigan o‘quvchiga Cobalt avtomobili topshirildi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbus doirasida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.
Bo‘ston mahallasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas'ullari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari, yozuvchi va shoirlar, el ardog‘idagi san'atkorlar ishtirok etdi.

1 iyun kuni Prezident Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasiga tashrif buyurib, tumanda 5ta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Davlat rahbari mazkur mahallaga tashrifi chog‘ida hududda joylashgan 27-umumta'lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova o‘zining 5 tashabbus, deb nomlangan she'rini o‘qib bergan edi.
Tadbir doirasida Fazilat Yoqubovaga Prezident sovg‘asi – Cobalt avtomobili topshirildi. 19-Bolalar musiqa va san'at maktabiga ham Prezident sovg‘asi – Isuzu avtobusi berildi.
«Bo‘ston mahallasi aholisi, yoshlarining O‘zbekiston ilm-fan, adabiyot va san'at namoyondalari bilan uchrashuvi davom etmoqda. Prezident sovg‘asini Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Rustam Xolmatov topshirdi», — deyiladi O‘zA xabarida.


Mavzuga oid
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
18:43 / 23.05.2025
UzAuto Motors «Cobalt Midnight»ning qimmat narxda sotilayotganini rad etdi
18:45 / 22.05.2025
Qamchiq dovonida Cobalt xandaqqa tushib ketdi
09:07 / 01.05.2025