Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistonda uran qazib oladi
Fransiyaning Orano Mining SA. kompaniyasi Navoiy viloyatida uranni qidirish va qazib olish bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxona tashkil etadi. Hukumatning bu boradagi tegishli qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Loyihada ta'kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va fransuz kompaniyasi o‘rtasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 5 oktyabrda Fransiyaga tashrifi vaqtida “qumtosh” turdagi uran bo‘lishi mumkin bo‘lgan yerlarda birgalikda geologik qidiruv ishlari olib borish va ularni o‘zlashtirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish kelishuvi imzolangan.
Tomonlar ustav kapitali 34,5 mln dollar bo‘lgan qo‘shma korxona tashkil etishadi, unda xorijiy sarmoyachining 51 foizlik ulushi pul mablag‘lari, texnologik qurilmalar va texnika hisobiga, O‘zbekiston tomonining 49 foizlik ulushi shartnomadagi maydonlarda olib borilgan geologik qidiruv ishlari davomida olingan geologik va boshqa ma'lumot uchun qilingan sarf-xarajatlar hisobiga shakllantiriladi.
Kelishuvda shuningdek xorijiy investor tomonidan butun mahsulotning xalqaro bozorning uzoq muddatli va spot kotirovkalarini kombinatsiyalash yo‘li bilan shakllantiriladigan narxda va marketing uchun 7 foizlik chegirma bilan kafolatlangan xarid qilinishini ko‘zda tutadi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi xorijiy investor bilan birgalikda korxonaning 2019 yil 1 avgustgacha ta'sis etilishini ta'minlashi lozim.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025