Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maduro Ugandada tonnalab oltinni yashirmoqda – OAV
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro oltin zaxiralarini mamlakat tashqarisiga olib chiqishga urinmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Venesuela vakillarining ta'kidlashicha, bozor narxi 300 mln dollarlik 7,4 tonna oltin ikkita samolyotda Ugandadagi neftni qayta ishlovchi zavodga yetkazilgan.
Oltin yombilar belgilangan manzilga Rossiyaning charter laynerlarida keltirilgan. Ta'kidlanishicha, ba'zi yombilarda Venesuela markaziy banki muhri bor.
Uganda politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, Entebbega keltirilgan oltin zavodda qayta ishlanib, keyin Yaqin Sharqqa eksport qilingan.
Xalqaro mutaxassislarning fikricha, oltinning noqonuniy transportirovkasi Maduroga hokimiyatni ushlab turishda yordam beruvchi uning xufiyona iqtisodiyotining bir qismi hisoblanadi.
Avvalroq Sardes turk firmasi Maduroga Venesueladan 900 mln dollarlik oltinni olib chiqib ketishda yordam bergani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
20:58 / 14.03.2025
Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi
21:01 / 10.02.2025
Oltinning rekord narxlari O‘zbekistonning zaxirasini salkam 43 mlrd dollarga yetkazdi
13:13 / 06.02.2025