Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp keyingi haftadan AQShdan millionlab noqonuniy migrantlar deportatsiya qilinishini e'lon qildi
AQSh immigratsiya va bojxona politsiyasi keyingi haftadan millionlab noqonuniy migrantlarni deportatsiya qila boshlaydi. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda ma'lum qildi.
“Keyingi haftadan AQSh immigratsiya va bojxona politsiyasi AQShga noqonuniy kelgan millionlab noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish jarayonini boshlaydi. Ular qanday kelgan bo‘lsalar, shunday tez chiqarilib yuboriladilar”, deb yozgan Tramp.
AQSh prezidenti Gvatemalaning uchinchi davlatlar fuqarolariga boshpana berish haqidagi kelishuvni imzolashga tayyorligini ma'lum qilgan. Bu kelishuv migrantlar tomonidan ular kirgan birinchi davlatda boshpana olinishini ko‘zda tutadi.
Oq uy egasi, shuningdek, Meksika tomonidan immigratsiya qonunlari qat'iylashtirilganini qutlagan. Vashington 7 iyunda tuzgan kelishuvga ko‘ra, Meksika AQShga noqonuniy migratsiyaning oldini olish uchun choralar ko‘radi. Buning uchun Meksika janubiy chegarasida milliy gvardiya bo‘linmalarini joylashtiradi hamda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga qarshi kurashadi.
Bundan tashqari, Tramp demokratlarni migratsiyani nazorat qilish masalasida harakatsizlikda ayblagan. U navbatdagi marta demokratlarni mamlakatning immigratsiya islohotlariga ovoz berishga chaqirgan. “Agar bu yuz bersa, chegara inqirozi tugaydi!”, deb ta'kidlab o‘tgan AQSh yetakchisi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025