Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Muhammad Mursiy o‘ldirilganini aytdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy sud zalida vafot etgandan keyin Misr hukumatini sudga bermoqchi. Bu haqda Anadolu axborot agentligi xabar berdi.
“Mursiy o‘z o‘limi bilan o‘lmagan, uni o‘ldirishgan. Misrning demokratik saylangan prezidenti sud zalida 20 daqiqa yotgan va unga hech kim yordam ko‘rsatmagan”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Uning ta'kidlashicha, Turkiya Mursiy o‘limi mavzusi ortidan kuzatadi va ish xalqaro sudlarda ko‘rilishi uchun barcha choralarni ko‘radi.
Mursiy 17 iyunda Qohirada sud zalidagi nutqidan keyin yurak xurujidan vafot etgan. U 67 yoshda bo‘lgan.
Mursiy 2013 yil 3 iyuldagi harbiy to‘ntaruv natijasida prezident lavozimidan chetlatilgan. U josuslik ishi bo‘yicha aybdor sifatida o‘tgan. 2015 yilda Mursiy va uning 16 tarafdori o‘lim jazosiga mahkum qilingan, biroq keyinchalik ushbu jazo umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirilgan. Mursiy tomoni bu hukm ustidan shikoyat qilgan, biroq 2017 yilda Misr hakamlik sudi ushbu hukmni kuchda qoldirgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025