Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonning eng yirik shaharlaridan biri aholisi ichimlik suvisiz qoldi
Hindistonning aholisi soni bo‘yicha 6-raqamli shahri – Chennayda odamlar ichimlik suvisiz qolib ketishdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Shaharni suv bilan ta'minlagan 4 ta rezervuar bo‘shab qolgan. Shu sababli maktablar, ofislar va restoranlar yopilmoqda. Butun bir oilalar taom va ichimliklar tayyorlash uchun kuniga bor-yo‘g‘i 2 yog‘log‘i suv bilan cheklanishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Vaziyat Hindistonda anomal issiqlik avjiga chiqqani bilan murakkablashmoqda. Issiq havo yoz boshidan beri bir necha o‘nlab odamlar hayotini olib ketdi. O‘tgan hafta Dehlida havo harorati 48 darajaga yetgan, Rajastonda esa 50 darajadan oshib ketgan.
Xarobalar aholisi suv topish ilinjida o‘z uylarini tark etmoqdalar.
Tamilnad shtati rahbari Edappadi Palanisvami inqiroz matbuotda bo‘rttirib yuborilgani, suv muammosi esa musson yomg‘irlar mavsumi boshlanishi bilan hal qilinishini aytgan.
Avvalroq Hindistonda anomal issiqlikdan 70 dan ko‘proq kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
20:37 / 26.05.2025
Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshiriladi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025