Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
International Airlines Group xoldingi muammoli Boeing 737 Max’dan 200 dona sotib oladi
International Airlines Group (IAG) xalqaro aviatsiya xoldingi Boeing 737 Max samolyotidan 200 dona sotib olish rejasini e'lon qildi. Bu haqda Boeing saytida xabar qilingan.
IAG va Boeing Parijdagi aviasalonda bo‘lg‘usi bitimni muhokama qilgan va tomonlar istaklarini tasdiqlovchi maktub imzolagan. Taxmin qilinishicha, bitim qiymati 24 mlrd dollarni tashkil qiladi. Xolding 737 Max 8 va Max 10 modifikatsiyasidagi samolyotlardan xarid qiladi.
“Biz Boeing’ga to‘liq ishonamiz va ularning samolyotlari yaqin oylarda tegishli idoralarning ruxsatini olib, foydalanishga muvaffaqiyatli qaytariladi”, deb aytgan IAG bosh direktori Uilyam Uolsh.
IAG xoldingi Buyuk Britaniya va Ispaniyadagi yetakchi aviakompaniyalar – British Airways va Iberia hamda Aer Lingus, Vueling va LEVEL’ga egalik qiladi. Umumiy hisobda bu aviakompaniyalar yiliga 113 mln yo‘lovchi tashiydi.
Boeing 737 Max samolyoti parvozlari 2019 yil martida Ethiopian Airlines aviakompaniyasining va 2018 yil oktyabrda Lion Air aviakompaniyasining shu modeldagi samolyotlari halokatidan keyin butun dunyo bo‘ylab taqiqlab qo‘yilgandi.
Boeing’da halokatlar samolyotdagi MCAS dasturiy ta'minoti tizimidagi muammolar bilan tushuntirilgan. Kompaniya may o‘rtalarida dasturiy ta'minot to‘liq yangilanganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi
19:24 / 16.04.2025
Rossiya AQShdan muzlatilgan aktivlari hisobidan Boeing samolyotlarini sotishni so‘radi - Bloomberg
21:41 / 21.03.2025
Tramp tarixdagi eng halokatli samolyot yaratilganini e’lon qildi
22:05 / 11.01.2025