Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik fazogirlar tayyorgarlikdan o‘tish uchun Chechenistondagi maxsus kuchlarga jo‘natiladi
Rossiyalik fazogirlar Chechenistonda tashkil etilgan maxsus kuchlar universitetida parvozoldi tayyorgarligining bir qismini o‘tadi. Bu haqda Checheniston rahbari Ramzon Qodirov bilan uchrashuvdan keyin fazogirlarni tayyorlash markazi rahbari Pavel Vlasov ma'lum qildi.
Vlasovning tushuntirishicha, fazogirlarni tayyorlashda maxsus kuchlar jangchilarini tayyorlash dasturi bilan ko‘p umumiy jihatlar mavjud. Gap fazogirlar belgilanmagan yerga qo‘ngandan keyin, jumladan ushbu vaziyatda tog‘li hududda duch kelishi mumkin bo‘lgan sharoitlarda omon qolishi haqida bormoqda. Jumladan, fazogirlar va maxsus jangchilar alpinistik, havo-desant tayyorgarligi, yovvoyi muhitda omon qolish va tibbiy yordam ko‘rsatish kurslariga ehtiyoj sezadilar. Vlasovning ta'kidlashicha, buning uchun Rossiya maxsus kuchlari universitetining Gudermesdagi bazasi to‘g‘ri keladi.
“Biz keyingi yildan maxsus parashyut tayyorgarligini boshlashimiz mumkin. Bugungi kunda tayyorgarlik turlarini turli muassasalarga taqsimlashga majburmiz. Bir tadbir bir joyda, boshqasi esa boshqa joyda. Bu yerda esa tayyorgarlikning katta qismini bir joyda o‘tashimiz mumkin”, deb aytgan Vlasov.
Yu.A.Gagarin nomidagi fazogirlarni tayyorlash markazi delegatsiyasi 18 iyunda Chechenistonga kelgan. Delegatsiyaning Ramzon Qodirov bilan uchrashuvi vaqtida Checheniston rahbari Xalqaro koinot stansiyasi bilan aloqaga chiqqan.
Mavzuga oid
20:04 / 08.05.2025
Putin Ramzan Qodirovning iste’foga chiqishiga ruxsat bermadi
18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi
19:41 / 23.04.2025
Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimini egalladi
08:29 / 09.04.2025