«Eron juda katta xato qildi» - Tramp AQSh droni urib tushirilganiga keskin munosabat bildirdi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiy kuchlariga tegishli uchuvchisiz dronning urib tushirilganiga munosabat bildirdi.
«Eron juda katta xato qildi», deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.
Bugun Eron islom inqilobi korpusi soqchilari AQShga tegishli razvedka dronini urib tushirganini ma'lum qilgandi. Keyinroq AQSh bu ma'lumotni tasdiqladi. Eron tomoni urib tushirilgan dronning modeli RQ-4 Global Hawk ekanini aniqladi.
Eron AQShga tegishli bo‘lgan bu razvedka droni mamlakatning Ho‘rmuzgoh viloyati havo sarhadlarini buzib o‘tgani bois urib tushirilganini ma'lum qildi. AQSh tomon esa dron xalqaro havo hududida bo‘lganini aytmoqda.
Ta'kidlash joiz, Donald Tramp AQSh harbiylari Suriyaga raketa zarbalarini uyushtirishidan avval ham shunga o‘xshash tvit yozgandi. Tramp odatda qandaydir keskin harakatlar boshlanishidan avval tvitterda bunga sha'ma qiluvchi post qoldirishi bois yuqoridagi tvit Yaqin Sharqdagilarni xavotirga solmoqda.
Mavzuga oid
00:29
Britaniya armiyasining sobiq askari Eron foydasiga josuslik qilganlikda aybdor deb topildi
15:45 / 25.11.2024
O‘zbekiston va Eron innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini muhokama qilyapti
09:02 / 25.11.2024
Eron o‘z yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi
19:58 / 24.11.2024