Sport | 08:30 / 20.06.2019
8277
1 daqiqa o‘qiladi

«Milan» yangi bosh murabbiyni tayinladi

Foto: AFP 2019 /MIGUEL MEDINA

Marko Jampaolo «Milan» bosh murabbiyi qilib tayinlandi.

51 yoshli mutaxassis «rossoneri» bilan 2 yillik shartnomani imzoladi. Uni yana 1 yilga uzaytirish imkoniyati ham mavjud. 

Jampaolo 1 iyuldan boshlab ishga kirishadi va yiliga 2 million yevro maosh oladi. 

Ma'lumot o‘rnida, Jampaolo uch yil davomida «Sampdoriya»ni boshqardi. Uning qo‘l ostida jamoa 2 marta 10-o‘rinni, o‘tgan mavsumda esa 9-o‘rinni egalladi. Bungacha mutaxassis «Empoli» klubida ishlagan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid