Tanzila Norboyeva Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimini tark etdi. U endi Senat raisi bo‘lishi mumkin
Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Kamalovna Norboyeva lavozimini tark etdi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga bosh vazir tomonidan kiritilgan nomzod - Bositxonova Elmira Irkinovnani tasdiqlashdi.
Qayd etish kerakki, Tanzila Norboyeva 2016 yilning 14 dekabrida Elmira Bositxonova o‘rniga Bosh vazir o‘rinbosari - Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ish boshlagandi. U 2018 yil dekabrida ushbu lavozimga yaqin besh yil uchun qayta saylangan edi.
Kun.uz manbalari ma'lumotiga ko‘ra, Tanzila Norboyeva endi prezident farmoni bilan senator etib tayinlanishi kutilmoqda. Bu holda u Senatning 21 iyun kuni o‘tkaziladigan yalpi yig‘ilishi vaqtida Senat raisi lavozimiga tavsiya etilib, lavozimga tasdiqlanishi mumkin bo‘ladi. U shu tariqa bugun Bosh prokuror etib tayinlangan Nig‘matulla Yo‘ldoshev o‘rnini egallashi va O‘zbekiston tarixiga Senat raisi bo‘lgan ilk ayol sifatida kirishi mumkin.
Mavzuga oid
17:03
O‘zbekistonda «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik» tadbirlariga start berildi
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
13:10 / 17.11.2024