Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vivo smartfonlarni atigi 13 daqiqada quvvat oldiruvchi yangi texnologiyani taqdim etdi
Endi uskunani tun davomida zaryadlashning hojati yo‘q.
Xitoyning smartfon ishlab chiqaruvchi Vivo kompaniyasi Super FlashCharge 120W texnologiyasini yaratganini ma'lum qildi. Bu texnologiya 4 000 mA·s hajmdagi akkumulyatorni atigi 13 daqiqada quvvatlash imkonini beradi.
Kompaniya qiziquvchilar uchun video tayyorlagan bo‘lib, unda flagmanning quvvati 16 soniyada taxminan 10 foizdan 14 foizga yetgan. Bu rekordga qadar Vivo'ning erishgan eng yaxshi natijasi 4 000 li batareyka uchun 45 daqiqani tashkil etgan — bu imkoniyat videoo‘yin ishqibozlari uchun ishlab chiqarilgan iQOO telefonida mavjud.

Mart oyida Xiaomi o‘zining 100 vattli texnologiyasini namoyish etgan bo‘lib, unda xuddi shunday hajmdagi batareykani 17 daqiqada quvvatlash imkoniyati bor. Ular orasidan hozirda sotuvda mavjudi Oppo Find X Lamborghini Edition — uning batareyka sig‘imi 3 400 mA·s va 35 daqiqada to‘ladi.
Vivo o‘zining 120-vattlik texnologiyasini, katta ehtimol bilan, 26 iyunda boshlanadigan MWC Shanghai ko‘rgazmalarida taqdim etadi. Shuningdek, kompaniyaning 5G-smartfoni taqdimoti o‘tkazilishi ham kutilyapti.
Mavzuga oid
12:00 / 15.04.2021
vivo kompaniyasi O‘zbekistonda X60 Pro deb nomlanuvchi yangi flagmanli smartfonni taqdim etadi
08:30 / 21.09.2020
Kvadrokamerali yangi vivo Y30 smartfoni O‘zbekiston bozorlarida sotuvga chiqdi
09:00 / 26.08.2020
Vivo: Innovatsion seriyadagi birinchi flagman X50 savdoga chiqarilmoqda
11:00 / 09.07.2020