Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ford Rossiyadagi zavodlarini sotuvga qo‘ydi
Ford avtokonserni VEB oldidagi 39,5 milliard rubllik qarzini to‘lab, Rossiyadagi zavodlarining to‘la huquqli egasiga aylanganidan so‘ng Vsevolojsk va Naberejniye Chelnidagi zavodlarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov ma'lum qildi.
Ford Sollers Rossiyadagi ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida VEBdan 39,5 milliard rubl kredit olgandi. Ammo mart oyida Ford Rossiyada yengil mashinalar ishlab chiqarishni to‘xtatish hamda Naberejniye Chelni, Vsevolojskdagi zavodlarini va Yelabugadagi dvigatel ishlab chiqarish zavodini yopib, Rossiya yengil mashinalar bozorini tark etishga qaror qildi. Vsevolojskdagi Ford zavodi 20 iyunda o‘z ishini to‘xtatdi.
Sollers bilan qo‘shma korxona ustidan nazorat endilikda Rossiya kompaniyasiga o‘tadi, qo‘shma korxonaning o‘zi 1 iyuldan ish boshlaydi.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025