Light | 23:15 / 21.06.2019
16788
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar uzoq davom etuvchi ish kuni xavfli ekanini ma'lum qilishdi 

Fransuz olimlari 10 soatdan ko‘proq davom etuvchi ish kuni insultning rivojlanishiga olib kelishi haqidagi xulosaga kelishdi. Bu haqda MedicalXpress saytida ma'lum qilingan. 

Yil davomida sutkasiga kamida 10 soatdan 50 kun ishlagan odamlarda me'yoridan ko‘p ishlamagan odamlarga nisbatan insult xavfi 29 foizga oshgan.

10 yil davomida kuniga 10 soatdan ishlagan odamlarda esa bu xavf 45 foizga ortgan.

Qayd etilishicha, me'yoridan ortiqcha ishlash 50 yoshga yetmagan ko‘ngillilarning sog‘lig‘iga ayniqsa salbiy ta'sir ko‘rsatgan.

“Bu kutilmagan holat. Buning sababini aniqlashga yordam beradigan keyingi ishlarni amalga oshirish lozim”, deb aytgan tadqiqot muallifi Aleksi Desata.

Tadqiqotda 7 yil davomida salomatligi ortidan kuzatib borilgan 18 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan 143 592 nafar odam qatnashgan.

Mavzuga oid