Senator Alisher Kurmanov: 2018 yilda eng xavfsiz turizm yo‘nalishida O‘zbekiston kuchli beshtalikka kirdi
Senat a'zosi Alisher Kurmanov 20-yalpi majlisda «Turizm to‘g‘risida»gi Qonun bo‘yicha qilgan ma'ruzasida sohada amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar haqida so‘zladi.
«2018 yilda xavfsiz turizm, eng yaxshi turistik yo‘nalish va gastronomik turizm yo‘nalishlari bo‘yicha «Gallup Global», «Lonely Planet» va «TurStat» kabi jahonning nufuzli reytinglari tomonidan O‘zbekiston birinchi beshtalik mamlakatlar qatorida qayd etildi. 60tadan ortiq mamlakat uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi joriy etildi. O‘zbekistonda bo‘lish qoidalari tartibiniing soddalashtirilganini turistlar oqimining keskin ortishiga sabab bo‘ldi. Shu tufayli 2018 yilda mamlakatimizga tashrif buyuruvchilar soni 5,3 mln kishini tashkil etib, bu ko‘rsatkich 2017 yilga nisbatan 2 baravarga ko‘paygan», - deya Kurmanovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Senator yangi tahrirdagi Qonundagi bir qator yangiliklarni ham alohida qayd etdi. Unda quyidagilar aks etgan:
- Qonun yangi tushunchalar bilan boyitilgan. Gid-tarjimon, yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi, mustaqil turizm va turistik vaucher kabilar;
- turizmni mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i sifatida rivojlantirish hamda sohada davlat-xususiy sheriklikni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek soliq va bojxona imtiyozlarini belgilash asosiy yo‘nalishga kiritilgan;
- budjetdan tashqari Turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, uni shakllantirish manbalari hamda mablag‘larini yo‘naltirishning aniq maqsadlarini nazarda tutuvchi norma kiritilgan.
Mavzuga oid
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
13:24 / 21.11.2024
COP29 ishtirokchilari iqlimga mos turizmni rivojlantirishga kelishib oldi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024