Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iroqdagi bazadan personalini evakuatsiya qiladi – OAV
AQSh Iroqdagi bazasidan Lockheed Martin Corp. harbiy-sanoat korporatsiyasi va Sallyport Global harbiy qo‘riqlash kompaniyasining pudratchi bo‘lib ishlayotgan yuzlab xodimlarini ortga chaqirtirib olmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik manbalari ma'lumotlariga ko‘ra, Iroq poytaxti Bag‘doddan 80 km uzoqlikda joylashgan Balad bazasidan “xavfsizlikka tahdid” sababli 400 ga yaqin odam evakuatsiya qilinadi.
Ta'kidlanishicha, bazada hammasi bo‘lib 800 ga yaqin pudratchi bor. Evakuatsiya 10 kuncha vaqt olishi mumkin.
O‘tgan hafta Balad aviabazasi granatomyotlardan o‘qqa tutilgan. Bundan tashqari, Iroqda amerikalik harbiylar bo‘lgan yana ikkita baza raketa zarbasiga uchragan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025