Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senati Saudiyaga qurol sotishni chekladi. Bu qaror Eron foydasiga ishlashi aytilmoqda
AQSh senati Saudiya Arabistoniga qurol sotishni chekladi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda. Manbada aytilishicha, senatda prezident administratsiyasi Saudiyaga qurol sotishni cheklash uchun yetarlicha ovoz berilgan. Hattoki 7 nafar respublikachi ham bu qarorni qo‘llagan.
Donald Tramp esa senatning bu qaroriga qarshi veto e'lon qilishini aytdi. Prezident administratsiyasida bu qaror AQSh o‘zining yirik hamkorini og‘ir vaqtda tashlab qo‘yishi deb qabul qilishmoqda. Tramp ma'muriyatida Eronning agressiv harakatlari bu qarordan so‘ng yanada kuchayishi taxmin qilinmoqda.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo agar mamlakat Saudiyaga qurol sotmasa, Saudiya Eron agressiyasidan jabrlanishi mumkinligini aytdi. Senatning tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Jim Rish ham shu qabilida fikr bildirdi: «Bu kelishuvlardan voz kechish Eron agressiyasini qo‘llash va uning tomir otishi uchun sharoit yaratish demak».
Tramp administratsiyasi Saudiyaga 8 milliard dollarga qurol sotish borasida 22 ta shartnoma imzolagandi va unga ko‘ra AQSh Saudiyaga turli xil bomba, o‘q-dorilar yetkazib berishi, shuningdek qiruvchi samolyotlarga xizmat ko‘rsatish borasida ko‘mak berishi lozim edi.
Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistoni 2017 yilda AQShdan 115 milliard dollarga qurol-yaroq sotib olgandi. AQSh Saudiya uchun harbiy sohadagi eng asosiy hamkor hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025