Jamiyat | 18:03 / 22.06.2019
5008
1 daqiqa o‘qiladi

“O‘ztransgaz” Farg‘onada jurnalistlar uchun press-tur o‘tkazdi

20 iyun kuni “O‘ztransgaz” AJ Farg‘ona viloyati hududiy gaz ta'minoti filialida “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik. Gazdan foydalanishda xavfsizlik va tejamkorlik omillari” mavzuida  Press-tur va Respublika seminari tashkil etdi. Anjumanda “O‘ztrasgaz” AJ ma'sul xodimlari, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Jamiyat tadbir davomida 2019-2020 yillarda kuz-qishga tayyorgarlik chora-tadbirlari, gazdan xavfsiz va oqilona foydalanish borasida jurnalistlarga axborot berib, Farg‘ona shahridagi aholi xonadonlarida foydalanilayotgan tejamkor uskunalar va isitish tizimlari, shuningdek, zamonaviy gaz uskunalaridan foydalanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishtiruv o‘tkazdi.

Press-tur so‘ngida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda jamiyat mutasaddilari jurnalistlar va  aholi vakillari tomonidan berilgan murojaatlarga javob berdilar.   

Elmurod Ermatov, Farg‘ona
KUN.UZ muxbiri

Элмурод Эрматов
Tayyorlagan Элмурод Эрматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid