Jamiyat | 19:24 / 22.06.2019
13126
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryolik bojxonachilar narkokurerni qo‘lga olishdi

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Mamlakatimiz bojxonachilari tomonidan respublikamiz hududiga giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringan shaxs o‘z vaqtida to‘xtatib qolindi.

Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi «Ayritom» chegara bojxona posti orqali mamlakatimizga kirib kelgan xorijiy davlat fuqarosi V.T. bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, mazkur shaxsga tegishli qo‘l sumkasi ichida umumiy og‘irligi 51,27 gramm «ko‘knori» boshog‘i giyohvandlik vositasi va kiyimi cho‘ntagida 0,51 gramm «gashish» giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid