O‘zbekiston | 11:55 / 22.06.2019
5048
2 daqiqa o‘qiladi

«Xavfsiz shahar» konsepsiyasini amalga oshirishda Xitoy kompaniyalari yordam beradi

Foto: Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Toshkentdagi «Xavfsiz shahar» konsepsiyasini amalga oshirishda Xitoy kompaniyalari yordam beradi. Shu maqsadda Xitoyning CITIC Group va Costar Group kompaniyalari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining «Xavfsiz shahar» jamoat tartibiga ko‘maklashish markazi bilan qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzoladi. 

Vazirlik Axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 2019 yilning 17-21 iyun kunlari China South Industries Group Corporation, CITIC Group va Costar Group kompaniyalari delegatsiyalari O‘zbekistonga tashrif buyurgan.  

Ikki tomonlama olib borilgan muzokaralar yakuniga ko‘ra, 20 iyun kuni «Xavfsiz shahar» kompleksini tashkil etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish doirasida hamda CITIC Group va Costar Group kompaniyalari o‘rtasida o‘zbek-xitoy qo‘shma korxonasini tashkil etish bo‘yicha Ta'sis shartnomasi imzolangan. 

O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi tashkil etilishi natijasida Toshkent shahriga 300 mln AQSh dollari hajmida xorijiy investitsiya jalb etiladi. Huawei kompaniyasi ilg‘or texnologiya va innovatsion yechimlaridan foydalangan holda «Xavfsiz shahar» majmuasi qurilib, unga xizmat ko‘rsatiladi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid