Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bizni qayerdan topishni bilishadi» - AQSh davlat kotibi Eron bilan ziddiyatlar fonida Saudiyaga bormoqda
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Saudiya Arabistoni hamda BAAga borishini ma'lum qildi. Pompeo tashrifning maqsadi sifatida AQSh va Eron o‘rtasidagi oxirgi vaqtlarda kuchaygan ziddiyatni keltirdi.
«Biz hech qanday oldindan ko‘rsatilgan shartlarsiz muzokaralar o‘tkazishga tayyormiz. Ular (ya'ni, eronliklar deyilmoqda) bizni qayerdan topishni aniq bilishadi. Ular tayyor bo‘lgan lahzadan biz muzokaralarni boshlaymiz», deb Saudiyaga jo‘nab ketish oldidan safarning mazmunini bayon qilgan Pompeoning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.
Eron AQShning razvedka dronini urib tushirgach, ikki mamlakat o‘rtasidagi ziddiyat yanada kuchaydi. AQSh prezidenti bu ishdan so‘ng avvaliga Eronga raketa zarbalari berish bo‘yicha qaror qabul qilgan, so‘ng birgina dron odamlarning o‘limiga arzimasligini o‘ylab, qaroridan qaytganini aytgandi.
AQSh senati 22 iyun kuni Tramp administratsiyasining Saudiya Arabistoniga qurol-yaroq sotishini cheklash bo‘yicha qaror chiqargandi. Unga ko‘ra Tramp ma'muriyatining Saudiya bilan rejalashtirilgan 8 milliard dollarlik qurol savdosi bekor bo‘lgandi. Pompeo bu haqda gapirar ekan senatning qarori Eron foydasiga ishlashini aytgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025