Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tashkent city hududida Tyusso xonim muzeyi va O‘zbekistondagi ilk quruq favvoralar barpo etiladi (video)
Toshkentda bunyod etilayotgan Tashkent city’ning 8 ta hududidan birida joylashadigan markaziy bog‘da butun dunyoga mashhur Tyusso xonim muzeyi filiali ochiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati qurilish ishlarining borishi haqidagi videorolikda so‘zlab berdi.
Mum haykallar muzeyi bog‘ burchagida barpo etiladigan planetariumda joylashadi.
Markaziy bog‘ning umumiy maydoni 18 gektarni tashkil qiladi. Hozirda bu yerda 15 ming kvadrat metrlik sun'iy ko‘l yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ko‘lda katta musiqiy favvora ishlaydi. Ko‘l ustidan o‘tuvchi markaziy ko‘prik uzunligi 50 metrni, yon ko‘priklar uzunligi esa 18 metrni tashkil qiladi.
Bog‘da barpo etiladigan boshqa obektlar orasida 450 o‘rinlik amfiteatr, mikroklimat hosil qilish uchun 10 ta musiqiy favvora va O‘zbekistonda muqobili yo‘q bo‘lgan quruq favvoralar, bolalar o‘yngohlari bor. Festivallar o‘tkazish uchun 2 ming kishini sig‘dira oladigan maydon hamda sport maydonchalari va veloyo‘laklarga ega Pushti bog‘ yaratiladi. Markaziy bog‘ qurilishini yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
17:51 / 12.12.2020
FVV Tashkent city’dagi yong‘inga nima sabab bo‘lganini ma'lum qildi
16:02 / 12.12.2020
Tashkent city’da yong‘in sodir bo‘ldi
10:40 / 17.09.2020
Haydovchiga besh million, artistga bir million jarima: mantiq qayerda qoldi, qonuniylik-chi?
15:10 / 16.09.2020