Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Monopoliyaga qarshi qo‘mita: 2018 yilning 11 oyida tashqi reklama tushumi 9,4 mlrd so‘mni tashkil etdi
2018 yilning 11 oyida tashqi reklamadan tushum miqdori 9,4 mlrd so‘mga yetgan. Bu raqam 2016-2017 yillarda tashqi reklamani joylashtirishdan tushgan tushum miqdori esa 6-7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan matbuot anjumanida Raqobat qo‘mitasi vakili ma'lum qildi. Ta'kidlanishicha, 2018 yilgi ko‘rsatkichning 48 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etish joiz, televideniye, radio va bosma ommaviy axborot vositalarining faoliyatlarini reklamalarsiz tasavvur qilish amri mahol. Chunki, reklama ushbu sohalarning moddiy ta'minotida asosiy manbalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Tadbirda taqdim etilgan raqamlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha reklama bozori ishtirokchilarining sohalar bo‘yicha ulushi tahlil qilinganda, reklamaning 60 foizi televideniye, 20 foizi tashqi reklama, qolgani (20%) internet radio, bosma nashrlar va boshqa vositalarga to‘g‘ri kelmoqda. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dilshod Azimovning bildirishicha, 2018 yil 1 dekabr holatiga respublika bo‘yicha 9 600dan ortiq tashqi reklama vositalari mavjud bo‘lib, shundan 54,2 foizi Toshkent shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi
23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
08:40 / 26.03.2025