O‘zbekiston ilk bor FAO’ning Yevropa uchun hududiy konferensiyasiga mezbonlik qiladi

23 iyun kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasidagi tashkiloti (FAO) 41-sessiyasi oldidan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Tashkilotning Yevropa uchun 32-hududiy konferensiyasi O‘zbekistonda o‘tkazilishiga doir tashabbus FAO hamda Yevropa va Osiyoning 51ta mamlakati Qishloq xo‘jaligi vazirlari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Bu haqda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hududiy konferensiya 2020 yilning 5—7 may kunlari O‘zbekistonda, Markaziy Osiyo davlatlarida orasida ilk marotaba o‘tkaziladi. FAO’ning strategik maqsadlari ochlikka qarshi kurash, qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilikning hosildorlik va barqarorligini oshirish, qishloq hududlarida qashshoqlikni kamaytirishga hissa qo‘shishdir.
Ayni paytda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi delegatsiya turli mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Misr, Janubiy Koreya, Ukraina, Qozog‘iston, AQSh, Chili singari mamlakatlar qishloq xo‘jaligi vazirlari va boshqa rasmiy doira vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Konferensiya doirasidagi uchrashuvlarda FAO’ning O‘zbekistondagi yangi loyihalarini amalga oshirishga kelishib olinmoqda.
Mavzuga oid

18:06 / 22.02.2025
“Tolibon” iqtisodiy delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

11:59 / 22.12.2024
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida AQSh bilan bayonnoma imzoladi

17:43 / 21.11.2024
Bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlarning barchasi o‘z lavozimini saqlab qoldi (foto)

14:30 / 01.10.2024