Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putinning buyrug‘i bilan markaziy harbiy okrug qo‘shinlari yuqori darajadagi jangovar shay holatga keltirildi
Markaziy harbiy okrugda (Sibir, Ural va Volgabo‘yi federal okruglaridagi harbiy qismlarni birlashtiradi) jangovar tayyorgarlik holati kutilmaganda tekshiruvdan o‘tkazildi. Shu munosabat bilan markaziy harbiy okrug qo‘shinlari yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlik holatiga keltirildi, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv Rossiya prezidenti Vladimir Putin qaroriga muvofiq o‘tkazilgan.
«Ushbu tadbir qurolli kuchlarning terrorizm ko‘rinishidagi jiddiy tahdidlar saqlanib turgan Markaziy Osiyodagi harbiy xavfsizlikni ta'minlash salohiyatini baholashga qaratilgan», — dedi Shoygu.
Mudofaa vazirining so‘zlariga ko‘ra, shu bilan birga, Janubiy va Sharqiy harbiy okruglardagi ayrim harbiy qismlar, harbiy desant qo‘shinlari, harbiy transport aviatsiyasi ham jangovar shay holatga keltirilgan.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025