Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish tashkilotlari va pudratchilarga nuqson uchun qo‘llanadigan jarima miqdori oshirilmoqda
Qurilish ishlarini olib borayotgan tashkilotlar va pudratchilar buyurtmani bajarish chog‘ida kamchilik-nuqsonlarga yo‘l qo‘ysa to‘laydigan jarima miqdori oshirilmoqda. Bu haqda Qurilish vazirligining Milliy matbuot markazida OAV vakillari bilan uchrashuvida ma'lum qilindi. Mutaxassisning aytishicha, me'yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartishlar kiritish loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama ham qilingan.
«Qurilish chog‘ida nuqsonli holatlar ro‘y bermasligi uchun asosiy qilayotgan ishlarimiz, qurilish va loyiha tashkilotlari, texnik xodimlar uchun o‘qish markazlari ochilmoqda. Endilikda, o‘qishni tugatgan texnik nazoratchiga litsenziya beriladi. Bu masala, hozirda ko‘rib chiqilmoqda. Qurilish joyiga chiqqan texnik xodim sifatli nazorat ishini amalga oshirishga ilmiy salohiyati, ongi yetishi kerak.
Tan olishimiz kerak, loyiha tashkilotlarida ham, pudrat tashkilotlarida ham, qurilayotgan uylarning texnik-nazorat taftishi o‘rnatilgan tartibda ish bermayapti. Sabab, xodimlar yetishtirishimiz kerak. Institutlarni yosh kadrlar bitirib chiqmoqda. Shu bilan birga, jarimalarni oshirish masalasi ko‘rib chiqildi. Qurilishi tashkilotlari, pudratchilarga nisbatan Shaharsozlik kodeksi 99-moddasi 1, 2, 3, 4, 5- qismlari bo‘yicha jarimalar oshirilmoqda. Bularni hammasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bilan muhokama qildik
Shu bilan birga, 20 mlrd so‘mlik qurilish ishini olib borayotgan pudratchi tashkilotni biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri jarimaga torta olmaymiz. Biz ularga jarima qo‘llashimiz uchun o‘rnatilgan tartibda hujjatlarini o‘rganib, xulosalar bilan sud idorasiga topshiramiz. Bu ham o‘z-o‘zidan bo‘ladigan ish emas, ancha vaqtni oladi. Keyin hujjatbozligi ko‘p edi. Hatto, Toshkentda Qashqadaryoning pudratchi tashkiloti ishlayotgan bo‘lsa, uning egasi yashash joyi mahallasidan ma'lumotnoma ham olib kelish talab etilar edi. Yana qurilish obektini topshirish muddati bor», - Kun.uz muxbiri savoliga javob bergan mutaxassis.
Mavzuga oid
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi
14:56 / 01.04.2025