Boeing mijozlarga yetkazilmagan samolyotlarni avtoturargohlarda joylashtirmoqda
Boeing kompaniyasi buyurtmachilarga yetkazilmay qolgan bir nechta 737 MAX samolyotini o‘z xodimlari uchun mo‘ljallangan avtoturargohlarda joylashtirishga qaror qildi. Bu haqda Business Insider nashri xabar berdi.
“Biz 737 Max yetkazilishidagi vaqtinchalik uzilishlar vaqtida kompaniyaning resurslari, jumladan Pyujyet-saund, San-Antonio va Mozes-Leykdagi obektlarimizdan foydalanmoqdamiz”, deb aytgan kompaniya vakili Pol Bergman.
Kompaniya zavodi joylashgan Sietl shahrining King 5 telekanali tomonidan e'lon qilingan videoda samolyotlar avtoturargohda mashinalar qurshovida turganini ko‘rish mumkin.
Avvalroq Bloomberg axborot agentligi manbalarga tayanib, samolyotlarning parkovkasi har bir samolyot uchun oyiga 2 ming dollardan aylanayotganini ma'lum qilgan.
Ko‘plab davlatlar, jumladan AQSh, Yevropa Ittifoqi va Rossiya 737 MAX ishtirokida yarim yildan kamroq vaqt ichida yuz bergan ikkita avtohalokatdan keyin ushbu modeldagi samolyotlar ekspluatatsiyasini to‘xtatgan.
Mavzuga oid
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
00:51 / 06.11.2024
Boeing xodimlari ish tashlashni to‘xtatdi va korporatsiyaning yangi shartlarini qabul qildi
21:56 / 23.10.2024
Boeing sun’iy yo‘ldoshi kosmosda parchalanib ketdi
10:20 / 21.10.2024