Jahon | 19:50 / 25.06.2019
5389
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya qirollik oilasi 2018 yilda 437 mln dollar miqdorida rekord darajadagi daromadga ega bo‘ldi

Foto: Getty Images

Britaniya qirollik oilasi London va mamlakatning boshqa joylaridagi o‘ziga tegishli tijorat ko‘chmas mulklari narxi o‘sishi sezilarli ravishda pasayishiga qaramasdan 2018 yilda 343,5 mln funt (437,6 mln dollar) miqdorida rekord darajadagi daromadga ega bo‘ldi. Bu haqda Financial Times gazetasi xabar berdi.

Gazetaning Crown Estate kompaniyasi ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, Uest-End rayonidagi ko‘chmas mulk qiymati atigi 1,7%ga, 14,3 mlrd funtgacha oshgan). Bu 2009 yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. London tashqarisidagi qirollik mulklari narxi esa hattoki 7%ga tushib ketgan.

Ammo yakuniy natijalarga qirollik portfelining asosini tashkil etuvchi energetika va infrastruktura narxining 14%ga oshishi sezilarli ta'sir ko‘rsatgan. Britaniya qirollik oilasiga Angliya, Uels va Shimoliy Irlandiyadagi shelflarning dengiz tubidagi uchastkalari tegishli bo‘lib, ular shamol turbinalari o‘rnatish uchun energetika guruhlariga ijaraga beriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, qirollik mulklari boshqaruvidan tushgan barcha daromad davlat g‘aznasiga tushadi, ikki yildan so‘ng esa monarx 15% miqdoridagi o‘z ulushini oladi. Nashrning yozishicha, keyingi o‘n yil davomida qirollik mulki davlatga 2,8 mlrd funt sterling ($3,56 mlrd) foyda keltirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid