Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask insoniyatning bosh muammosi haqida so‘zladi
SpaceX va Tesla kompaniyalari bosh direktori Ilon Mask tvitterda insoniyatni 2050 yilda kutayotgan taqdir haqidagi fikrlari bilan bo‘lishdi.
Tadbirkorning fikricha, insoniyatning bosh muammosi Yer aholisi qariyotgani va qisqarayotgani hisoblanadi.
Mask aholining haddan ziyod ko‘payishi muammosi insoniyatga xavf solmasligini, chunki 2050 yilga kelib keksalar soni yoshlar sonidan oshishini aytgan.
SpaceX asoschisining fikricha, aholining demografik grafigi to‘nkarilgan piramidaga o‘xshash bo‘ladi, ya'ni yoshi kattalar ko‘proq, yoshlar esa kamroq bo‘ladi,
Mask dunyo aholisining 2050 yildagi soni bo‘yicha prognoz keltirilgan World of Engineering akkaunti tvitiga shu tariqa izoh bergan. Unda 2050 yilda dunyo aholisi soni 9 346 399 468 kishini tashkil qilishi ko‘rsatilgan. Ushbu akkaunt norvegiyalik olim Yorgen Randers hisob-kitoblariga tayangan va ularni BMTnikidan aniqroq degan.
BMTning prognoziga ko‘ra, Yerning aholisi 2050 kelib 9,7 mlrd kishiga yetadi, biroq umumiy ko‘payish sur'ati pasayib boradi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi
22:00 / 24.05.2025
Ilon Mask siyosatdan uzoqlashishga qaror qilgani sababi ma’lum bo‘ldi
18:44 / 22.05.2025