Jahon | 09:12 / 25.06.2019
49927
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston janubidagi o‘q-dori omborida portlashlar davom etmoqda

Foto: nur.kz

Qozog‘iston janubidagi o‘q-dori omboridagi yong‘inni o‘chirish ishlari portlashlar davom etayotganligi sababli to‘xtab turibdi, deb ma'lum qildi mamlakat ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev.

24 iyunda 44,3 ming kishi yashaydigan Aris yaqinidagi harbiy qismda o‘q-dorilar portlashi yuz berdi. Voqea sababi va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Shahar aholisi evakuatsiya qilingan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 70 dan ko‘proq kishi jarohat olgan, ulardan 15 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Portlashlar yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

“Ko‘lamlar juda katta va portlashlar bir necha kun davom etishi mumkin, xavfsizlik maqsadida aholini olib chiqishimiz lozim”, deb aytgandi Turkiston viloyati rahbari Umirzoq Shukeyev kuni kecha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Mavzuga oid