Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy AQShning Xomanaiyga qarshi sanksiyalarini mantiqsizlik va ahmoqona harakat deb atadi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy AQShning mamlakat oliy diniy rahnamosi Ali Xomanaiyga qarshi sanksiyalarini mantiqsizlik va ahmoqona harakat deb atadi.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning oliy diniy rahnamosi yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiyga qarshi sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.
"Ko‘ryapsizlarmi, kimdir dabdurustdan mantiqsiz va ahmoqona harakatlarni amalga oshirmoqda. Ular mamlakat yetakchisini boykot qilishayotganini aytishmoqda... ular yetakchining mulklariga sanksiyalar kiritishni istashayotganini aytishmoqda, ammo yetakchimiz oddiy hayot kechiradi, uning bor-yo‘q narsasi – sajda qiladigan joyi va oddiy hayot, u milliardlab yoki millionlab dollarga ega xorij yetakchilaridek emas" , -dedi Ruhoniy.
AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens sanksiyalar Eron AQSh dronini urib tushirgani hamda Ummon ko‘rfazida ikkita neft tankeriga hujumlar uyushtirganiga javoban kiritilishini aytgandi.
Mavzuga oid
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
15:45 / 27.05.2025
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni AQSh bilan birgalikda qo‘llamoqchi
14:36 / 23.05.2025
Bank of Georgia rossiyaliklarning lyuks do‘konlardagi xaridlarini chekladi
10:22 / 23.05.2025