Jahon | 12:36 / 27.06.2019
50352
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya prezidenti bilan uchrashuv vaqtida Merkelni yana qaltiroq tutdi

Foto: Kay Nietfeld / DPA / Globallookpress.com

Germaniya kansleri Angela Merkel o‘zini yana yomon his qildi. Mamlakat prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashuv chog‘ida uni kuchli qaltiroq tutgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Avvalroq ham kansler bilan ana shunday holat yuz bergandi. Merkel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuv chog‘ida titroq ostida qolgandi. Berlinda bo‘lib o‘tgan marosimda Merkelni to‘satdan titroq bosgan, u titroqni bosish uchun qo‘llarining holatini bir necha bor o‘zgartirgandi.  

Merkel uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanda tobi qochishiga organizmning suvsizlanishi sabab bo‘lganini, bir necha shisha suv ichgach o‘zini yaxshi his qila boshlaganligini aytgandi.

Mavzuga oid