Jahon | 11:26 / 27.06.2019
13560
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoy va AQSh savdo urushiga barham berilganini e'lon qilmoqchi
Xitoy va AQSh G20 sammitida savdo urushiga barham berilganini e'lon qilishga kelishib oldi. Bu haqda South China Morning Post gazetasi xabar bermoqda.
"AQSh va Xitoy bahsni yechish maqsadida savdo urushida sulh tuzishga kelishib oldi", - deya manbalardan iqtibos keltiradi nashr.
AQSh va Xitoy o‘tgan yili bir-birlariga nisbatan yiliga yuzlab milliard dollarlik import mahsulotlarga bojlar joriy etgandi.
AQSh moliya vaziri Stiven Mnuchin CNBC telekanaliga bergan intervyusida Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo kelishuvi 90%ga tayyor bo‘lganini va uni imzolash imkoniyati saqlanib qolganini xabar qilgandi.
Mavzuga oid
23:25 / 20.09.2024
AQSh prezidentligiga nomzodlar xavfsizligi kuchaytirilishi mumkin
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
12:30 / 20.09.2024
AQSh Rossiya va KXDRning beshta yuridik va jismoniy shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:28 / 20.09.2024